Murojaat yuborish
Murojaat yuborish

Ekspert tashkiloti · Fargʻona · 1997-yildan

Qurilish auditi va energiya auditi

Bajarilgan qurilish ishlarining haqiqiy hajmlarini tekshiramiz va obyektlarning energiya samaradorligini hujjatlar, ko‘riklar hamda instrumental o‘lchovlar asosida baholab, professional xulosa taqdim etamiz.

01

Obyektlarning energiya samaradorligini baholash

Energiya auditi

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, jumladan OʻRQ-940-son Qonun va Vazirlar Mahkamasining 690-son qarori talablariga muvofiq energiya auditini oʻtkazamiz. Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini baholaymiz, energiya tejash salohiyatini aniqlaymiz, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar va obyektning energetik pasportini ishlab chiqamiz.

ЗРУ-940 · VM № 690
→
02

Bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmlarini tekshirish

Qurilishda nazorat oʻlchovi

Haqiqatda bajarilgan qurilish-montaj va taʼmirlash-qurilish ishlarining loyiha-smeta hamda ijro hujjatlariga muvofiqligini tekshiramiz, bajarilgan ishlar hajmi va qiymatini tahlil qilamiz.

Litsenziya № 518159
→
Tok qisqichli oʻlchagich bilan taqsimlash shkafi shinalarida oʻlchov
Energoaudit elektr isteʼmolini taqsimlash shkafida oʻlchash
Qurilish maydonida GNSS qabul qilgichli reyka bilan oʻlchayotgan mutaxassis
Nazorat oʻlchovi qurilish maydonida koordinata va balandliklarni oʻlchash
Izolyatsiyalangan isitish quvurlari va manometr
Energoaudit issiqlik quvurlari izolyatsiyasi va bosimini tekshirish
Nivelir orqali qarayotgan kaskali mutaxassis
Nazorat oʻlchovi nivelir bilan balandlik belgilarini tekshirish
Termometr va manometrlar oʻrnatilgan quvurlar tarmogʻi
Energoaudit issiqlik tarmogʻida harorat va bosim koʻrsatkichlarini qayd etish
Qurilayotgan bino va minorali kran oldida shtativdagi geodezik asbob
Nazorat oʻlchovi bajarilgan hajmni obyektda oʻlchash

1997yildan ekspert tashkiloti29 yillik tajriba
50xodim24 energoaudit · 16 texnik nazorat
143loyiha2019–2025
10 mlrdsoʻm kasbiy javobgarlik sugʻurtasi«Imkon-sugʻurta» AJ

Xizmatlar

Ikki ekspertiza yoʻnalishi

Nazorat o‘lchovi — bajarilgan qurilish-montaj va ta’mirlash-qurilish ishlarining haqiqiy hajmi hamda qiymatini loyiha-smeta va ijro hujjatlariga muvofiqligini tekshirishdir. Energiya auditi — obyektni kompleks tekshirish, energiya resurslari iste’molini tahlil qilish, energiya samaradorligini baholash va energiya tejash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. Natijalar hujjatlar, ko‘riklar va instrumental o‘lchovlar asosida tegishli hisobot hamda xulosalar bilan rasmiylashtiriladi.

Barcha xizmatlar →

Energiya auditi

ЗРУ-940

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, jumladan OʻRQ-940-son Qonun va Vazirlar Mahkamasining 690-son qarori talablariga muvofiq energiya auditini oʻtkazamiz. Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini baholaymiz, energiya tejash salohiyatini aniqlaymiz, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar va obyektning energetik pasportini ishlab chiqamiz.

NatijaBino yoki korxonaning energetik pasporti; Energiya balansi va yoʻqotishlar tahlili; Tadbirlar rejasi: tadbir → sarf → yillik tejov → qoplanish muddati

Haqiqatda bajarilgan qurilish-montaj va taʼmirlash-qurilish ishlarining loyiha-smeta hamda ijro hujjatlariga muvofiqligini tekshiramiz, bajarilgan ishlar hajmi va qiymatini tahlil qilamiz.

NatijaNazorat oʻlchovi dalolatnomasi; Hajmlar taqqoslash vedomosti: hujjat / haqiqat / farq; Smeta qayta hisobi — farq summasi soʻmda

Energosamaradorlik auditi

Obyektingizga qaysi talab tegishli

Uch savolga javob bering. Natija faqat qonunda aniq yozilgan talablarga tayanadi.

Manba: lex.uz

Uch savolga javob bering — obyektingizga qaysi talab tegishli ekanini, muddatini va qonuniy asosini koʻrasiz.

  • Yillik isteʼmol 4000000 kVt·soat elektr yoki 375000 m³ gazdan oshsa — Davlat energetika reestri subyekti, davriy energoaudit majburiy.
  • Davriy energoaudit — 5 yilda kamida bir marta (ЗРУ-940).
  • Foydalaniladigan maydoni 200 m² dan katta binoga energosamaradorlik toifasi va energopasport belgilanadi.
  • Byudjet mablagʻi hisobiga qurilishda bajarilgan hajm nazorat oʻlchovidan oʻtadi.
Muhandisdan soʻrash

Qonuniy asos

Asos: ЗРУ-940 «Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida», VM qarori № 690.

Natija yoʻnaltiruvchi hisob, rasmiy xulosa emas — aniq talab va muddat hujjatlaringiz asosida tasdiqlanadi.

Meʼyoriy hujjatlar →

Qurilishda nazorat oʻlchovi

Dalolatnomadagi raqam obyektda bormi

Pudratchi bajarilgan ishlar dalolatnomasini topshiradi, buyurtmachi imzolaydi va toʻlaydi. Keyin hajm oshirib yozilgani yoki material almashtirilgani maʼlum boʻladi.

Biz obyektda tomonlar ishtirokida oʻlchaymiz va har bir smeta pozitsiyasini uch ustunda solishtiramiz: hujjat boʻyicha, haqiqatda va farq.

Taqqoslash vedomostinamuna · hajm va narxlar shartli
PozitsiyaBirlikHujjat boʻyichaHaqiqatdaFarqNarx, soʻmFarq, soʻm
Monolit beton B25, poydevorm³412386,5−25,51 450 000−36 975 000
Sement-qum suvoq, ichki devorlarm²2 3402 115−22568 000−15 300 000
Armatura A500Ct38,638,6011 800 0000
Gidroizolyatsiya, tomm²860702−15895 000−15 010 000
Plastik deraza bloklarim²21421401 250 0000
Hujjatdan ortiq yozilgan summa67 285 000 soʻm Hisob: farq × birlik narxi. Haqiqiy hisobotda smeta normalari va koeffitsiyentlar ham tekshiriladi.

Loyihalar

Amalga oshirilgan loyihalardagi tajribamiz

Koʻp yillik professional faoliyat davomida «TTT-AUDIT» davlat tashkilotlari, yirik korxonalar va xususiy biznes uchun ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi. Reestrda tashkilot faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha 143 ta bajarilgan ish taqdim etilgan.

Toʻliq reestr →
Oʻzbekiston xaritasi: loyihalar boʻlgan hududlar va shaharlar 1000000111111000000000000

Geografiya

Qayerlarda ishlaganmiz

Belgi — ish nomi yoki buyurtmachisida joy koʻrsatilgan loyihalar. Qolganlari reestrda.

Xaritada loyiha
28
Hudud
14
Shahar
13

Joyi koʻrsatilmagan: 20

Koʻp loyiha boʻlgan hududlar

Vakolat

Hujjatlar

Asl nusxalar Fargʻonadagi bosh ofisda. Skanni kattalashtirish uchun ustiga bosing.

Barcha hujjatlar →

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati

Raqam
№ 518159
Sana
06.12.2024
Amal qiladi
muddatsiz
Beruvchi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Litsenziya № 518159

Ish tartibi

Murojaatdan xulosagacha

  1. Murojaat va suhbat

    Obyekt, maqsad va muddatni aniqlaymiz, qaysi talab tegishli ekanini aytamiz.

  2. Hujjatlar

    Loyiha-smeta, dalolatnomalar yoki isteʼmol maʼlumotlari — roʻyxatni oldindan beramiz.

  3. Obyektda oʻlchov

    Oʻlchov va koʻrik tomonlar ishtirokida, qiyoslangan asboblar bilan.

  4. Xulosa

    Dalolatnoma, energopasport yoki ekspert xulosasi — imzo va muhr bilan.

Yangiliklar

Yangiliklar va tushuntirishlar

Barchasi →

Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar

Energoaudit kimga majburiy?

ЗРУ-940 ga koʻra davriy energoaudit majburiy tartibda besh yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Davlat energetika reestriga kiritilgan korxonalar va davlat ishtirokidagi tashkilotlar uchun audit majburiy; boshqalar uchun ixtiyoriy.

Qaysi binolarga energosamaradorlik toifasi belgilanadi?

Foydalaniladigan maydoni 200 m² dan katta bino va inshootlarga. Energopasport yangi, mavjud, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinayotgan obyektlar uchun rasmiylashtiriladi.

Nazorat oʻlchovi uchun qurilishni toʻxtatish kerakmi?

Yoʻq. Oʻlchov ish jarayoniga xalaqit bermaydi; yashirin ishlar yopilishidan oldin qayd etiladi.

Ishlab chiqarishni toʻxtatmasdan energoaudit qilsa boʻladimi?

Ha — aksincha, oʻlchovlar real ish rejimida olinishi kerak.

Hujjatlarimiz uchinchi shaxsga beriladimi?

Yoʻq. Hujjatlar faqat shartnoma doirasida ishlatiladi; axborot xavfsizligi tizimi ISO 27001:2022 boʻyicha sertifikatlangan.

Aloqa

Bosh ofis, Fargʻona

Ofis

Fargʻona shahri, Yangiobod koʻchasi, 5-uy (moʻljal: «Avtosalon» Juydam)

Rahbar
Botirov Mahammad Hoshimovich
STIR
202216926