Murojaat yuborish
Murojaat yuborish

Xizmatlar

Energiya auditi

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, jumladan OʻRQ-940-son Qonun va Vazirlar Mahkamasining 690-son qarori talablariga muvofiq energiya auditini oʻtkazamiz. Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini baholaymiz, energiya tejash salohiyatini aniqlaymiz, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar va obyektning energetik pasportini ishlab chiqamiz.

Nega bu endi majburiy

2024-yilda «Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida»gi yangi qonun qabul qilindi. Unga koʻra davriy energoaudit majburiy tartibda besh yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.

Foydalaniladigan maydoni 200 m² dan katta bino va inshootlar uchun energosamaradorlik toifasi belgilanadi.

Obyektingizga qaysi talab tegishli ekanini va audit muddatini dastlabki suhbatda aniqlaymiz.

Xizmatlar

Talab tekshiruvi

Obyektingizga qaysi talab tegishli

Uch savolga javob bering. Natija faqat qonunda aniq yozilgan talablarga tayanadi.

Manba: lex.uz

Uch savolga javob bering — obyektingizga qaysi talab tegishli ekanini, muddatini va qonuniy asosini koʻrasiz.

  • Yillik isteʼmol 4000000 kVt·soat elektr yoki 375000 m³ gazdan oshsa — Davlat energetika reestri subyekti, davriy energoaudit majburiy.
  • Davriy energoaudit — 5 yilda kamida bir marta (ЗРУ-940).
  • Foydalaniladigan maydoni 200 m² dan katta binoga energosamaradorlik toifasi va energopasport belgilanadi.
  • Byudjet mablagʻi hisobiga qurilishda bajarilgan hajm nazorat oʻlchovidan oʻtadi.
Muhandisdan soʻrash

Bino maydoni va yillik elektr isteʼmoli boʻyicha solishtirma isteʼmol va energopasport talabi hisoblanadi.

Energosamaradorlik toifasi energopasportda belgilanadi.

Natija

Natijada olasiz

  1. Bino yoki korxonaning energetik pasporti

  2. Energiya balansi va yoʻqotishlar tahlili

  3. Tadbirlar rejasi: tadbir → sarf → yillik tejov → qoplanish muddati

Loyihalar

Bajarilgan ishlar — 48

Reestrda koʻrish →
IshBuyurtmachiYil
Energoaudit oʻtkazish boʻyicha xizmatКаршинский государственный технический университет—
Energoaudit oʻtkazishАКБ «AGROBANK»—
Energetik tekshiruv (energoaudit) xizmatiТерриториальный филиал Республики Каракалпакстан АО «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI»—
Energoaudit oʻtkazishТашкентский государственный юридический университет—
Energoaudit oʻtkazish boʻyicha xizmat«ПРЕДСТАВИТЕЛЬСТВО ПРОГРАММЫ РАЗВИТИЯ ООН»—
Energoaudit oʻtkazishГУ «Ферганское районное управление по эксплуатации автомобильных дорог»—

Obyekt haqida qisqacha yozing — muhandis qaysi talab tegishli ekanini va ish hajmini birinchi suhbatda aniqlaydi.

Murojaat yuborish